AsosiyJamiyat

Toshkentda yana bir YTH yuz berdi. Ehtiyotsizlik sabab "Spark" yondi

'Toshkentda yana bir YTH yuz berdi. Ehtiyotsizlik sabab "Spark" yondi'ning rasmi

 YHXBB Toshkent shahri, Mirzo Ulug`bek tumanida "Spark" rusumli avtomobilda yong`in yuzaga kelgani haqida xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun tahminan soat 19:40 larda KXAY ko`chasida haydovchi  "Spark" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, boshqaruvni yo`qotgan va yo`l chetidagi ustunga urilgan. Zarb oqibatida avtomobilda yong`in yuzaga kelgan.

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgani aytiladi. Ma`lumotga ko`ra, hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

"Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda. Shu  o`rinda barcha haydovchilardan yo`llarda ehtiyotkor bo`lishlarini va qoidalarga rioya qilishlarini so`raymiz",-deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar