AsosiyJamiyat

Paxta-to`qimachilik klasterlarini tashkil etish tartibi belgilandi

'Paxta-to`qimachilik klasterlarini tashkil etish tartibi belgilandi'ning rasmi

Hukumat qarori bilan Paxta-to`qimachilik klasterlari faoliyatini tashkil etish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi

Nizomga ko`ra, paxta-to`qimachilik klasterlari quyidagi shaklda tashkil etiladi:

🔸 qishloq xo`jaligi er uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta etishtirish;

🔸 paxta xomashyosini shartnoma asosida fermer xo`jaliklari va boshqa paxta etishtiruvchilardan sotib olish;

🔸 qishloq xo`jaligi er uchastkalarini ijaraga olgan holda paxta etishtirish hamda paxta etishtiruvchilardan shartnoma asosida sotib olish.

 Paxta-to`qimachilik klasteri bu bo`yicha Respublika komissiyasi qaroriga asosan Vazirlar Mahkamasi tomonidan tashkil etiladi.

 Paxta-to`qimachilik klasterini tashkil etish uchun talabgor ixtiyoriy ravishda har yili 10 sentyabrgacha YaIDXP orqali ariza bilan murojaat qiladi.

 Murojaat Qishloq xo`jaligi vazirligi (Vazirlik) tomonidan 2 ish kunida ko`rib chiqiladi.

Respublika komissiyasi talabgorlarning arizalarini har yili 1 oktyabrgacha ko`rib chiqib, qaror qabul qiladi.

 Paxta-to`qimachilik klasterini tashkil etish to`g`risidagi tegishli hujjat qabul qilingach:

  • 3 ish kunida Vazirlik talabgorlarni xabardor qiladi;
  •  5 ish kunida talabgor bilan 30 yil (chet el investisiyalari ishtirokidagi korxona yoki chet el yuridik shaxsi bo`lgan taqdirda 25 yilgacha bo`lgan) muddatga bitim tuziladi;
  •  3 ish kunida paxta-to`qimachilik klasteri tegishli tuman (shahar) hokimi bilan er ijarasi shartnomasi tuzadi (klaster er uchastkalarini ijaraga olgan holda tashkil etilgan taqdirda).

Shuningdek, ijaraga olgan holda tashkil etilgan paxta-to`qimachilik klasteri o`ziga biriktirilgan erlarni shaxslarga 1 yilgacha bo`lgan muddatga ikkilamchi ijaraga (ularni uchinchi shaxsga berish huquqisiz) berish huquqiga ega.

Paxta-to`qimachilik klasteri faoliyati samaradorligi bilan bog`liq masalalar yuzasidan bir yilda kamida bir marta monitoring o`tkaziladi.

    Boshqa yangiliklar