Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning To`rtko`l tumani bo`limlari tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o`tkazildi.
Unda, fuqaro U.S. firibgarlik yo`li bilan noqonuniy daromad orttirish maqsadida, fuqaro S.ga tanishlari orqali do`kon qurishi uchun er maydoni olib berishini va`da qilib, unga tuman hududidan “Eko bozor” qurilishi uchun 75 kv. metr er maydoni ajratilganligi haqidagi tuman hokimining soxta farmoyishini taqdim qilib, evaziga 7 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik), 28, 211-moddasi (pora berish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






