AsosiySport

O`zbekiston yoshlar Paraosiyo o`yinlari bayrog`ini qabul qilib oldi

'O`zbekiston yoshlar Paraosiyo o`yinlari bayrog`ini qabul qilib oldi'ning rasmi

Bahrayn poytaxti Manama shahrida uchinchi yoshlar Paraosiyo o`yinlari o`z yakuniga etdi. 

Bir necha kun davom etgan musobaqada qit`amizning yosh paralimpiyachilari g`oliblik uchun bahs olib bordilar.  

Musobaqaning tantanali yopilish marosimida Osiyo Paralimpiya qo`mitasi prezidenti Majid Rashid tashkilot bayrog`ini ushbu musobaqaning keyingi mezboniga topshirdi. Ma`lumki, yana 4 yildan so`ng Toshkent yoshlar o`rtasidagi Osiyo va Paraosiyo o`yinlariga mezbonlik qiladi. Tashkilot bayrog`ini O`zbekiston Milliy Paralimpiya qo`mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev qabul qilib oldi.  

O`zbekiston Milliy Paralimpiya qo`mitasining ma`lum qilishicha, musobaqa davomida sportchilarimiz 11 ta oltin,  2 ta kumush va 5 ta bronza,  jami 18 ta medal qo`lga kiritishdi.

    Boshqa yangiliklar