AsosiyJamiyat

Zangiotadagi shifoxonada yil boshidan buyon qancha chaqaloq dunyoga kelgani ma`lum qilindi

'Zangiotadagi shifoxonada yil boshidan buyon qancha chaqaloq dunyoga kelgani ma`lum qilindi'ning rasmi

Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasida ayni paytda qancha bemor bola va homilador ayol davolanmoqda? SSV Matbuot xizmatining ushbu savoliga shifoxona direktori o`rinbosari Hilola Alimova javob berdi.

— Bugungi kunda shifoxonamizda 7 nafar chaqaloq, 18 yoshgacha bo`lgan 97 nafar bola davolanmoqda, — deydi H. Alimova. — Jonlantirish bo`limlarida 2 nafar bemor bola shifokor va hamshiralarning nazorati ostida davo muolajalarini olmoqda.

Shuningdek, bemorlar orasida 64 nafar homilador ayol ham bo`lib, ayni kunda ularning 3 nafari reanimasiya bo`limida davolanyapti. E`tiborlisi, joriy yil boshidan buyon shifoxonamizda 422 nafar chaqaloq dunyoga keldi.

Ma`lumot uchun, shu yil 15 oktyabr holatiga ko`ra, ushbu muassasada yil boshidan buyon tug`ilgan chaqaloqlar soni 377 nafarni tashkil qilgan edi.

 

 

    Boshqa yangiliklar