Kecha O`zbekistonda kasallanish holatlari keskin kamayib, koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 147 nafarni tashkil etdi.
SSVning xabariga ko`ra, 2021 yil 6 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 194703 (+147) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
- 12 nafari Andijon viloyatida,
- 18 nafari Buxoro viloyatida,
- 4 nafari Jizzax viloyatida,
- 1 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 2 nafari Navoiy viloyatida,
- 7 nafari Namangan viloyatida,
- 23 nafari Samarqand viloyatida,
- 1 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 10 nafari Farg`ona viloyatida,
- 11 nafari Xorazm viloyatida,
- 11 nafari Toshkent viloyatida,
- 45 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 3 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1424 nafarni tashkil qilgan.
Shu o`rinda vazirlik fuqarolarga murojaat etmoqda.
"Koronavirus infeksiyasi bugun insoniyat hayotiga, jamiyatning barcha jabhalariga salbiy ta`sir etmoqda. Ayniqsa, so`nggi kunlarda dunyoda kasallikning yangi to`lqini avj olayotgani barchada jiddiy xavotir uyg`otayapti. Mana shunday paytda koronavirusdan xalos bo`lish uchun eng to`g`ri, eng samarali va eng ishonchli yo`l — kasallikka qarshi emlanishdir. Shunday ekan vaksina oling va o`zingiz va atrofdagilarni xastalikdan himoya qiling",- deyiladi SSV xabarida.






