AsosiySport

Toshkentda og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati start oldi

'Toshkentda og`ir atletika bo`yicha jahon chempionati start oldi'ning rasmi

Bugun Toshkentda og`ir atletika bo`yicha kattalar o`rtasidagi jahon chempionati boshlandi. O`zbekitonda ilk bor o`tkazilayotgan bu musobaqada 80 dan ortiq mamlakatdan 500 nafarga yaqin sportchi ishtirok etmoqda, deya xabar bermoqda O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi.  

Ta`kidlanishicha, musobaqani ayollar o`rtasida -49 kg vazn toifasidagi "S" guruhi ishtirokchilari boshlab berdi. Shuningdek, bugun Toshkent vaqti bilan 16:00 da tantanali ochilish marosimi bo`lib o`tadi.  

Ushbu dunyo birinchiligida  O`zbekistondan 14 nafar vakil ishtiro etadi. Ular orasida Ruslan Nurudinov, Akbar Jo`raev, Adham Ergashev, Kumushxon Fayzullaeva, Doston Yoqubov kabi tajribali sportchilar ham bor. 

Quyida musobaqada qantashuvchilar bilan tanishing: 

Ayollar

-49 kg. Zuhra Otajonova - 19:00 (8.12)  

-55 kg. Jamila Panfilova - 16:00 (9.12)

-71 kg. Kumushxon Fayzullaeva - 19:00 (13.12)

-87 kg: Tursunoy Jabborova - 19:00 (16.12)

Erkaklar

-67 kg. Adhamjon Ergashev va Doston Yoqubov - 16:00 (10.12)

-81 kg. Muhammadqodir Toshtemirov 19:00 (12.12)

-89 kg. Otaxon Imomov - 10:30 (13.12) (V guruh)

-89 kg. Sarvarbek Zafarjonov - 16:00 (13.12)

-96 kg. Hojiakbar Olimov - 08:30 (14.12)  (S guruhi)

-96 kg. Qurbonmurod Namozov - 13:00 (15.12)

-109 kg. Ruslan Nurudinov va Akbar Jo`raev - 16:00 (16.12)

+109 kg: Mirhosil Mirzaboev - 08:00 (17.12) (C guruh).

    Boshqa yangiliklar