Hozirgina yurtimizga Pfizer/BioNTech vaksinasining 301 860 dozalik partiyasi olib kelindi, deya xabar bermoqda SSV Matbuot xizmati.
Shunday qilib, yurtimizda emlash jarayonlarida foydalanilayotgan jami vaksina 43 107 478 dozani tashkil qilmoqda.
Ulardan:
-2 254 480 dozasi AstraZeneca;
-32 431 838 dozasi ZF-UZ-VAC2001;
-1 128 500 dozasi "Sputnik V";
-3 000 060 dozasi Moderna;
-2 316 600 dozasi Pfizer/BioNTech;
-1 976 000 dozasi Sinovac vaksinasidir.
Shundan 34 874 583 dozasi emlash jarayonlarida qo`llanilgan.






