Rossiya Tergov qo`mitasining Ryazan viloyati bo`yicha tergov boshqarmasining tumanlararo tergov boshqarmasi Dedyuxino qishlog`ida ikki bolaning o`limi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazdi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021-yil 3-dekabr kuni ota-onalari qarovsiz qolgan 7 va 4 yoshli aka-uka qishloq hududida joylashgan muzlab qolgan sun`iy suv havzasiga chiqib, suvga tushib, cho`kib ketgan.
Ta`kidlanishicha, hozirda hodisa joyi ko`zdan kechirilmoqda, zaruriy ekspertiza tayinlangan, hodisaning barcha holatlarini aniqlashga qaratilgan boshqa prosessual harakatlar amalga oshirilmoqda.






