Joriy yilning 8-12 noyabr kunlari Ichki ishlar vazirligi hamda uning hududiy ichki ishlar boshqarmalari mas`ullaridan iborat guruhining Turkiya polisiya akademiyasida malaka oshirib qaytgan.
Polisiya akademiyasidagi o`quv jarayonida Farg`ona viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi boshlig`i podpolkovnik Azamat Kozimov ham ishtirok etgan.
Kuni kecha Tergov boshqarmasida videokonferensaloqa shaklida tashkil etilgan o`quv seminarida A.Kozimov tomonidan soha xodimlariga Turkiya polisiyasining kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikni aniqlash, fosh etish va tergov qilishdagi o`ziga xos tajribasi, mazkur jarayonda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo`llash tartibi haqida tushunchalar berildi.
Xorij tajribasining yangi qirralarni tegov amaliyotlarida qo`llash bo`yicha taklif va tavsiyalari bilan o`rtoqlashdi.
O`quv mashg`uloti davomida ishtirokchilar Turkiya polisiyasining tuzilishi farqli jihatlari haqida o`zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.






