AsosiyJamiyat

"Qonunchilik buzilgan". Bosh prokuratura marhum xodimining oilasiga nafaqa puli to`lab berilmagani bo`yicha ish qayta ko`rib chiqiladi

'"Qonunchilik buzilgan". Bosh prokuratura marhum xodimining oilasiga nafaqa puli to`lab berilmagani bo`yicha ish qayta ko`rib chiqiladi'ning rasmi

Avvalroq, O`zbekiston Bosh prokuraturasi Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo`limi prokurori lavozimida ishlab kelgan Samir Rahmonov 26 aprel kuni 33 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Shundan so`ng, marhum xodimning otasi o`g`li xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtda ish joyida vafot etgani, to`rt nafar voyaga etmagan farzandlari boquvchisiz qolsa-da, uning oilasiga qonunga asosan kafolatlangan nafaqa pullari to`lab berilmayotganini bildirdi. 

Shundan so`ng, Mehnat inspeksiyasi ham holatni o`rganib, mazkur holat bo`yicha xabar berilmaganini bildirgan.

Ayni paytda holat yuzasidan Toshkent shahar sudi ma`lumot berdi.

Ma`lum qilinishicha, Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirobod tumanlararo sudining 2021 yil 17 sentyabrdagi hal qiluv qarori bilan da`vogar A. Raxmanovning javobgar Bosh prokuraturaga nisbatan farzandi vafoti munosabati bilan ish joyidan nafaqa puli hamda ma`naviy zararni undirish to`g`risidagi da`vo va qo`shimcha da`vo arizalari rad qilingandi.

Da`vogar mazkur hal qiluv qaroridan norozi bo`lib, sudga apellyasiya shikoyati kiritgan. Ushbu apellyasiya shikoyati 2021 yil 12 noyabr kuni Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari bo`yicha sudlov hay`atida ko`rish boshlangan.  

Ishni ko`rish jarayonida IIV Tibbiyot boshqarmasi, Bosh prokuraturadan olti nafar xodim va o`sha kuni bo`limda ish o`rganishda bo`lgan Harbiy prokuratura apparati xodimi, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat huquq inspeksiyasi, Sog`liqni saqlash vazirligi TXKMRMKTK, Shayxontohur tuman prokuraturasi, Mirobod tumani prokuraturasi, RSTEIAM Toshkent shahar filiali Morfologiya bo`limi Sergeli punktining davlat sud tibbiy ekspertizasidan, Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi, Davlat mehnat huquq inspeksiyasi, Kasaba uyushmalari federasiyasi, Mirobod tumani Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi, Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasilari vakillarning ko`rsatmalari eshitilib, yozma ma`lumotlar va tegishli hujjatlar olindi.  

Ishni ko`rishda marhum S. Raxmonovning xotini  N. Raxmonova ishga jalb qilinmagani, uning huquq va majburiyatlari tushuntirilmaganini, birinchi instansiya sudida ko`rilishi mobaynida da`vogar  

A. Raxmonovda uning manfaatlarida sudga murojaat qilish va ishtirok etish huquqini beruvchi ishonchnoma bo`lmaganini, qolaversa, A. Raxmonovning o`zi boquvchisini yo`qotganlik uchun nafaqa olish huquqiga ega shaxslar doirasiga kirmasligi sababli, 2021 yil  

6 dekabr kuni sudlov hay`atining ajrimi bilan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan ko`rish uchun birinchi instansiya sudiga yuborildi.

Bundan tashqari, ishni ko`rish chog`ida qonunchilik buzilganligi, ishni puxta o`rganmaganligi sababli 2021 yil 6 dekabr kuni sudlov hay`atining ajrimi bilan RSTEIAM Toshkent shahar filiali Morfologiya bo`limi Sergeli punktining davlat sud tibbiy ekspertizasining boshlig`i hamda Toshkent shahar Bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat huquq inspeksiyasining boshlig`iga nisbatan xususiy ajrimlar chiqarildi.

 

    Boshqa yangiliklar