Kuni kecha o`tkazilgan "Korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflik bo`yicha Toshkent forumi" doirasida ikki tomonlama uchrashuvlar ham tashkil etildi.
Xususan, Agentlik direktori A.Burxanov Ukraina Korrupsiyaning oldini olish milliy agentligi direktori A.Novikov bilan muzokara o`tkazdi.
Muloqot davomida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishda o`zaro tajriba almashish, sohaga ilg`or axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish, davlat xizmatchilarining daromadlari va mol-mulkini deklarasiya qilish tizimini yo`lga qo`yish borasida qo`shma loyihalarni hayotga tatbiq etish, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ochiqligi va shaffofligini ta`minlash kabi yo`nalishlarda hamkorlik qilish masalalari muhokama etildi.
Muzokara yakunida hamkorlik doirasida ekspertlarni jalb qilish, qo`shma tadbirlarni amalga oshirishga kelishib olindi.






