AsosiyJamiyat

Yoshlar Paraosiyo o`yinlaridagi O`zbekiston medallari sakkiztaga etdi

'Yoshlar Paraosiyo o`yinlaridagi O`zbekiston medallari sakkiztaga etdi'ning rasmi

Avval ma`lum qilinganidek,  ayni kunlarda Bahrayn davlatida yoshlar o`rtasida Paraosiyo o`yinlari bo`lib o`tmoqda.  

Musobaqaning uchinchi kunida para suzuvchimiz Azizbek Boynazarov uchinchi medalini qo`lga kiritdi. S8 klassida 100 metrga batterflyay dasturida qatnashgan hamyurtimiz marraga uchinchi bo`lib etib keldi. 1:18:80 daqiqa natija qayd etgan Boynazarov bu gal bronza medalini o`z hisobiga yozib qo`ymoqda.  

Eslatib o`tamiz,  Azizbek Boynazarov bundan avval terma jamoamiz hisobiga 2 ta oltin medalni keltirgan edi. Hozircha delegasiyamiz hisobida 4 ta oltin,  1 ta kumush va 3 ta bronza medali mavjud.

    Boshqa yangiliklar