AsosiyJamiyat

Kecha O`zbekistonda 230 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, yana 2 nafar bemor vafot etdi

'Kecha O`zbekistonda 230 nafarga yaqin kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, yana 2 nafar bemor vafot etdi'ning rasmi

2021 yil 4 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 194333 (+228) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:  

  • 2 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida,
  • 12 nafari Andijon viloyatida,
  • 13 nafari Buxoro viloyatida,
  • 9 nafari Jizzax viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 9 nafari Namangan viloyatida,
  • 17 nafari Samarqand viloyatida,
  • 5 nafari Sirdaryo viloyatida,
  • 4 nafari Surxondaryo viloyatida,
  • 11 nafari Farg`ona viloyatida,
  • 14 nafari Xorazm viloyatida,
  • 59 nafari Toshkent viloyatida,
  • 71 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

 

Kecha kun davomida:  

  • Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar,  
  • Andijon viloyatida 15 nafar,
  • Buxoro viloyatida 9 nafar,  
  • Jizzax viloyatida 14 nafar,
  • Navoiy viloyatida 4 nafar,
  • Namangan viloyatida 7 nafar,
  • Samarqand viloyatida 14 nafar,
  • Sirdaryo viloyatida 5 nafar,  
  • Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
  • Farg`ona viloyatida 11 nafar,  
  • Xorazm viloyatida 16 nafar,  
  • Toshkent viloyatida 26 nafar,
  • Toshkent shahrida 110 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog`ayganlar jami 190939 (+235) nafarga etdi va sog`ayish ko`rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

 

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1418 nafarni tashkil qildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar