AsosiyJamiyat

Toshkentdagi pochta jo`natmalarida noqonuniy zargarlik buyumlari fosh bo`ldi

'Toshkentdagi pochta jo`natmalarida noqonuniy zargarlik buyumlari fosh bo`ldi'ning rasmi

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Boshpochtamt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi xabar berdi

Unga ko`ra, xorijdan poytaxtimizda yashovchi fuqaro nomiga keltirilgan pochta jo`natmasida hujjatlarga asosan jo`natmada “oyoq kiyim” tovari bo`lishi lozim edi.

Post xodimlari tomonidan mazkur jo`natma ko`zdan kechirilganda esa, jo`natmada oyoq kiyimlar emas, qiymati 30 mln. so`mlik og`irligi 22 gramm bo`lgan 2 dona ayollar zanjirlari hamda 2 dona qo`l soatlari borligi aniqlandi.

Navbatdagi holatda esa, 13,6 mln. so`mlik 17,66 gramm og`irlikdagi 1 dona ayollar bilak uzugi pochta jo`natmasiga tegishli hujjatlarda qayd etilmaganligi fosh bo`ldi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar