"Toshkent shahar suv ta`minoti" MChJ shoshilich xabar e`lon qildi.
Unga ko`ra, bugun, 3 dekabr kuni soat tonggi 8:30da poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan ta`minlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr ta`minotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o`chish holati yuzaga keldi.
Shu tufayli Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suv ta`minoti bilan bog`liq uzilishlar kuzatilmoqda.
Hozirgi vaqtda elektr ta`minoti qayta tiklandi, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo`yicha tezkor choralar ko`rilmoqda.
Toshkent shahrida tez fursatlarda suv ta`minoti o`z maromiga qaytadi.






