Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Yashnobod tumanida sodir bo`lgan YTH yuzasidan ma`lumot berildi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, 2021 yil 2 dekabr kuni soat 18:30 larda, Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Elbek ko`chasida haydovchi, 1963 yilda tug`ilgan R.Yu. boshqaruvidagi "Lacetti" rusumli hamda haydovchi, 1988 yilda tug`ilgan B.I. boshqaruvidagi yana bir "Lacetti" rusumli avtomobillar ishtirokida to`qnashuv sodir bo`lgan.
Natijada, haydovchi B.I.ga birinchi tez tibbiy yordam ko`rsatilgan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.






