Suv xo`jaligi vazirligi 2019-2021 yillarda amalga oshirilgan ishlar va erishilgan natijalarini e`lon qildi.
Suv xo`jaligi sohasini isloh qilish yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2 ta Farmoni va 3 ta qarorlari, Vazirlar Mahkamasining 4 ta qarorlari qabul qilindi;
741,8 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalar, jumladan,
266,2 ming gektar maydonda tomchilatib, 204,0 ming gektar egiluvchan quvur orqali sug`orish, 10,6 ming gektar diskret sug`orish, 13,4 ming gektar maydonda yomg`irlatib va 61,7 ming gektar egatka plyonka to`shab sug`orish texnologiyalari joriy qilindi va 185,8 ming gektar maydon lazer uskunalar bilan tekislandi, yangi texnologiya joriy qilingan maydon 2018 yilga nisbatan 9,2 baravarga oshirildi;
865 ta irrigasiya ob`ektlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalari doirasida jami 3,2 trln. so`m kapital mablag`lar o`zlashtirildi,
552 ta ob`ekt foydalanishga topshirildi va 906,0 ming gektar sug`oriladigan maydonning suv ta`minoti yaxshilandi;
420 ta loyiha bo`yicha meliorasiya ob`ektlarini qurish va rekonstruksiya hamda ta`mirlash tiklash loyihalari doirasida jami
928,3 mlrd.so`m kapital mablag`lari o`zlashtirilishi hisobiga 347 ta ob`ekt foydalanishga topshirildi, 681,0 ming gektar maydonlarning meliorativ holati yaxshilandi, sho`rlangan maydonlar esa 60,8 ming gektarga qisqardi;
334,5 ming gektar er maydonlari, jumladan 188,7 ming gektar foydalanishdan chiqqan hamda 145,8 ming gektar lalmi va yaylov erlar qayta foydalanishga kiritildi;
16,7 ming km irrigasiya tizimi kanallari, ulardagi 17,5 ming dona gidroinshoot va 16,8 ming ta gidropost ekspluatasiya mablag`lari hisobidan ta`mirlandi va 842,0 ming gektar sug`oriladigan maydonning suv ta`minoti yaxshilandi;
6 ta investisiya loyihasi doirasida jami 449,7 mln dollar mablag`lar o`zlashtirilib, 826 km kanallar va ulardagi 1054 dona gidrotexnik inshoot rekonstruksiya qilindi, natijada loyihalar hududida 247 ming gektar er maydonining suv ta`minoti yaxshilanishiga erishildi;
nasos stansiyalardagi o`z muddatini o`tagan 502 ta nasos va 690 ta elektrodvigatellar energo tejamkoriga almashtirildi, elektr energiya iste`moli 2019 yilda 7,4 mlrd.kVt.soat, 2020 yilda 7,2 mlrd.kVt.soat, 2021 yilda 7,17 mlrd.kVt.soatni tashkil etib, 2018 yilga (8,0 mlrd.kVt.soat) nisbatan 830,0 mln.kVt.soatga kam iste`mol qilinishiga erishildi;
suv xo`jaligi ob`ektlariga jami 5 129 ta zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari o`rnatildi. 2 993 ta “Aqlli suv” qurilmasi 374 ta nasos stansiyasiga suvni onlayn nazorat qilish qurilmasi, 1 735 ta meliorativ kuzatuv qudug`iga er osti suvlarining minerallashganlik darajasini onlayn nazorat qilish qurilmasi o`rnatildi hamda 27 ta suv xo`jaligi ob`ekti avtomatlashtirildi, natijada suv resurslarini boshqarish va suvning hisobini onlayn yuritish tizimi yaratildi;
Barcha axborot tizimlarini o`zida qamrab olgan 5 ta moduldan iborat “Vaziyatlar markazi” axborot tizimi, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar ajratish bo`yicha “subsidiya.agro.uz”, “Tomchi” va “Smart Water” mobil ilovalari ishlab chiqildi;
2021-2030 yilga mo`ljallangan, qiymati 1 162,3 mlrd. so`m bo`lgan
96 ta davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo`yicha bitimlar imzolandi. Davlat-xususiy sheriklik loyihalari doirasida xususiy sheriklar tomonidan dastlabki 3 yilda 123,3 mlrd. so`m miqdorida investisiya kiritilishi va 10 yil davomida jami 141,0 mlrd. so`m byudjet mablag`lari iqtisod qilinishiga erishiladi. Toshkent viloyatining Quyi Chirchiq tumanidagi irrigasiya-meliorasiya ob`ektlari “TST Agro Claster” MChJga hamda Samarqand viloyatining Narpay tumanidagi irrigasiya-meliorasiya ob`ektlari, nasos stansiyalar “Maroqand sifat” MChJga to`liq davlat-xususiy sheriklik asosida berildi.
O`tgan 3 yil davomida har yili o`rtacha 52 mlrd. 597 mln.kubometr, shundan 4 mlrd. 631 mln. kubometri sanoat texnik ehtiyojlar uchun,
43 mlrd. 452 mln. kubometri qishloq xo`jaligi ekinlarini sug`orish uchun etkazib berildi. 2021 yil sug`orish mavsumi davomida suv resurslarini samarali boshqarish, suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy qilish hisobidan jami 8 mlrd.m3 suv tejalishiga erishildi.
1 503 ta suv iste`molchilari uyushmalari negizida har bir tuman (Quvasoy shahri)da bittadan jami 158 ta SIU tashkil etildi va ularning faoliyati takomillashtirildi;
suv xo`jaligi sohasida mutaxassislar va rahbar kadrlar malakasini oshirishning mutloqa yangi tizimi yaratildi va 5200 nafar rahbar-xodimlarning malakasi oshirildi;
1 400 nafardan ortiq suv xo`jaligi bo`yicha oliy ma`lumotli bitiruvchilar mutaxassisliklari bo`yicha suv xo`jaligi tashkilotlariga ishga qabul qilindi va sohada oliy ma`lumotli mutaxassis kadrlar ulushi
38 foizdan 46 foizga etkazildi;
sohada ilmiy va innovasion salohiyatni rivojlantirish hamda dolzarb muammolar echimiga qaratilgan 18,9 mlrd. so`mlik 110 ta ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlari amalga oshirildi va amaliyotga joriy qilindi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan transchegaraviy suv resurslaridan foydalanish bo`yicha Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston va Turkmaniston davlatlari bilan suv xo`jaligi masalalari bo`yicha ishchi guruhlar tuzildi va 12 ta xalqaro xujjat imzolanib, suv xo`jaligi sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo`yicha masalalarni samarali hal etilish mexanizmi yaratildi.






