3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan mamlakatimizning ko`plab sport muassasalarida “Bir jamoa” shiori ostida tadbir va festivallar o`tkazilmokda.
Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida tashkil etilgan ana shunday tadbirlardan birida O`zbekiston kikboksing assosiasiyasi mutasaddilari O`zbek jang san`ati federasiyasi qoshidagi “Matonat” jamoasi a`zolari bilan uchrashishdi. O`zbekiston kikboksing assosiasiyasi va O`zbek jang san`ati federasiyasi o`rtasida imzonlangan memorandumga muvofiq, bu ikki yakka kurash turlari sportchilari o`zaro tajriba almashib turishadi.
3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan yurtimizning taniqli kikbokschilari O`zbek jang san`ati federasiyasi qoshidagi “Matonat” klubi a`zolari ishtirokida ajoyib tadbir o`tkazdilar va o`zlarining esdalik sovg`alarini topshirdilar.
“Matonat” klubining tashkil etilganiga hali ko`p vaqt bo`lmagan bo`lsa-da, lekin shu qisqa vaqt oralig`ida ushbu klubga yuzlab imkoniyati cheklangan yoshlar jalb etildi. Ular o`zbek jang san`atining sir-asrorlarini mukammal o`rganishga harakat qilishmoqda.
Buni tadbir davomida klub a`zolarining ko`rgazmali chiqishlaridan ham bilib olsa bo`lardi. Kikboks bo`yicha etakchi sportchilar va mutaxassislar endilikda bunday xayrli ishlarga astoydil bel bog`lab, “Matonat” klubi bilan hamkorlikda yangidan-yangi loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.






