Internet tarmog`ida tarqalgan videolardan birida yonayotgan “Orlando” rusumli avtomobil o`chirilayotgani aks etgan. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, 30 noyabr kuni taxminan soat 18:00 da Shayxontohur tumani Farobiy kochasida 25 yoshli A.S. boshqaruvidagi “Orlando” rusumli avtomobil qisqa elektr uzilishi sababli yonib ketgan. Voqea joyiga tezkor etib kelgan yong`in xavfsizligi xodimlari xavfni bartaraf etishdi. Holat tufayli hech kim jabr ko`rmadi, deyiladi xabarda.






