AsosiyJamiyat

YPX xodimlari tomonidan qidiruvda bo`lgan, yonida giyohvand modda olib yurgan bir qancha shaxslar aniqlandi

'YPX xodimlari tomonidan qidiruvda bo`lgan, yonida giyohvand modda olib yurgan bir qancha shaxslar aniqlandi'ning rasmi

YPX xodimlari tomonidan tekshiruvlar davomida qidiruvda bo`lgan hamda yonida giyohvand modda olib yurgan shaxslar aniqlanmoqda. Bu haqda YHXBning Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Xabarga ko`ra, kecha, 30 noyabr kuni soat 14:30 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan Toshkent shahar IIBB YHXB YPX xodimlari A.Pulatov va M.Shamshievlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan "Lacetti" rusumli avtomobil to`xtatilib tekshirilganda, yo`lovchi, 1983 yilda tug`ilgan F.M. o`zining ko`rinishi va xatti-harakatlari bilan xodimlarda shubha uyg`otgan. Xolis va guvohlar ishtirokidagi tekshiruv davomida fuqaro F.M.ning cho`ntagidan 5 dona qora sellofanga o`ralgan, jigar rangli, o`tkir hidli, saqichsimon moddalar topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro F.M. va aniqlangan moddalar Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

Shuningdek, 30 noyabr kuni soat 02:00 larda, Bektemir tumanida joylashgan “Bektemir” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari Sh.Xolnazarov va I.Mambetovlar tomonidan, Toshkent viloyatidan poytaxtga kirib kelayotgan "Matiz" rusumli avtomobil to`xtatilib, xolis va guvohlar ishtirokida tekshirilganida yo`lovchi, 1997 yilda tug`ilgan F.I.ning cho`ntagidan oq qog`ozga o`ralgan, yashil rangli, o`tkir hidli, quritilgan o`simlik moddasi topilgan.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro F.I. va aniqlangan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

30 noyabr kuni kuzatilgan jinoiy harakatlardan yana biri soat 17:00 larda, Yunusobod tumanida aniqlandi. Tumanda xizmat olib borayotgan YPX xodimlari R.Dusmatov va A.Axmadjonovlar tomonidan, A.Temur ko`chasi bo`ylab piyoda ravishda harakatlanib kelayotgan, 1995 yilda tug`ilgan X.U. to`xtatib, uning ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda ushbu fuqaro O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 105-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2021 yil 14 noyabr kunidan buyon qidiruvda ekanligi aniqlangan.

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro X.U. Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

 Chilonzor tumanida xizmat olib borayotgan YPX xodimi M.Xudayberganov tomonidan, Farxod ko`chasi “Chilonzor” metro bekati qarshisidan piyoda ravishda harakatlanib kelayotgan, 1978 yilda tug`ilgan R.Ya. to`xtatib, uning ma`lumotlari planshet moslamasi yordamida, maxsus dastur orqali tekshirilganda ushbu fuqaro O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi bilan ayblanib, 2021 yil 27 avgust kunidan buyon qidiruvdaligi ma`lum bo`lgan.

Tegishli xujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro R.Ya. Chilonzor tumani IIO FMBga topshirilgan.

Yo`llardagi tekshiruvlar davom etmoqda, deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar