AsosiyDunyo

“Qatar Airways” yanvar oyidan boshlab O`zbekistonga parvozlarni amalga oshiradi

'“Qatar Airways” yanvar oyidan boshlab O`zbekistonga parvozlarni amalga oshiradi'ning rasmi

Parvozlar dushanba va juma kunlari Dohadan Toshkentga, seshanba va shanba kunlari esa qarama-qarshi yo`nalishda amalga oshiriladi. Bu haqda spot.uz “Qatar Airways” aviakompaniyasining ma`lumotiga tayanib xabar bermoqda.

2022-yil 17-yanvardan O`zbekistonga muntazam qatnovlarni boshlanadi.

Aviaqatnovlar biznes-klassda 12 va ekonom-klassda 120 o`ringa ega Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Ma`lum qilinishicha, yo`lovchi aviatashuvlari xavfsizligi va sifatini baholashga ixtisoslashgan AirlineRatings.com agentligi dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi sifatida "Qatar Airways”ni ko`rsatgan.

    Boshqa yangiliklar