Rossiya Federasiyasining bir qator salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar o`lkasida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qurulish sohasining 60 dan ortiq yo`nalishlari bo`yicha 10 mingta bo`sh ish o`rinlari taklif qilindi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar berdi.
Fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent O`zbekistonda rasmiylashtiriladi.
Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.
Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi.






