Ayni kungacha mamlakatimizda jami 33,9 million dozadan ortiq vaksinadan foydalanildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
30 noyabrda mamlakatimiz hududlari bo`ylab 267 493 doza COVID-19ga qarshi vaksina qo`llanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 106 940 nafarni,
2-bosqich emlanganlar 110 812 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 49 741 nafarni tashkil qildi.
️Ayni kungacha mamlakatimizda jami 33 940 008 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan:
1-bosqich emlanganlar 17 594 439 nafarni,
2-bosqichda emlanganlar 10 799 717 nafarni,
3-bosqich emlanganlar 5 545 852 nafarni tashkil qildi.
Kecha emlash ko`rsatkichlari bo`yicha yuqori o`rinlarni:
Samarqand viloyati (47 949 doza),
Farg`ona viloyati (33 374 doza),
Toshkent shahri (32 324 doza)
band qildi.
️Birinchi doza bilan emlanish ko`rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 82 foizni tashkil qilmoqda.






