Xabaringiz bor, Pro liga 2021 yilgi mavsumi yakunlariga ko`ra 3-pog`onani band etgan «Olimpik» jamoasi Coca-Cola Superligada 12-o`rinni egallagan «Mash`al»ga qarshi o`tish o`yinida maydonga tushadi. Bu haqda PFL rasmiy sayti xabar berdi.
Coca-Cola Superliga o`tish o`yinini yuqori darajada tashkil etish, ayniqsa unda shaffoflikni ta`minlash maqsadida 2 dekabr kuni o`tkaziladigan uchrashuvda Video Assistant Referee tizimidan foydalaniladigan bo`ldi. Uchrashuvda VAR tizimi ishlashi bo`yicha yuborilgan so`rovni FIFA tasdiqladi va o`yinni «Paxtakor» stadionida o`tkazishga ruxsat berildi. Shu tariqa Coca-Cola Superliga yo`llanmasi taqdiri hal bo`ladigan uchrashuv avvalboshidan reja qilinganidek, «Jar» stadionida emas, balki «Paxtakor» stadionida bo`lib o`tadi va 2 dekabr, payshanba kuni soat 16:00 da start oladi.
O`tish o`yini
2 dekabr, payshanba
16:00. "OLIMPIK" — "MASh`AL"






