“Muzeylar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun (O`RQ–732-son, 26.11.2021 y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Unga ko`ra, muzeylar ta`sis hujjatlariga muvofiq daromad keltiradigan faoliyat bilan shug`ullanishi mumkin bo`lmoqda. Bunda muzey ashyolari va kolleksiyalari but saqlanishi kerakligi aytiladi.
Qayd etilishicha, davlat muzeylariga pulli xizmatlardan, xayriyalardan tushadigan mablag`lar kelgusi yil uchun byudjetdan moliyalashtirish miqdorini kamaytirishga asos bo`lmaydi.
Eslatib o`tamiz, qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.






