Urugvay poytaxti Montevideoda o`tgan Libertadores Kubogi finalida Braziliyaning ikki jamoasi o`zaro to`qnash keldi.
Amaldagi chempion "Palmeras" Braziliyaning eng kuchli jamoasi "Flamengo"ga qarshi bahs yuritdi.
Asosiy vaqtda 1:1 hisobida yakunlandi. Qo`shimcha bo`limlarning 95-daqiqasida esa "Palmeras" futbolchisi Deyverson g`alaba to`pini kiritdi.
Shu tariqa, "Palmeras" qatorasiga ikkinchi marta "Libertadores kubogi" g`olibiga aylandi.
Libertadores Kubogi. Final
"Palymeras" — "Flamengo" - 2:1
Gollar: Veyga (5), Deyverson (95) — Gabriel (72).






