Coca-Cola Superliga-2021 mavsumi o`z nihoyasiga etdi. Chempionat oxirgi turgacha qizg`in va murosasiz bahslarga boy bo`ldi. Kuchli uchlikdagi sovrinli pozisiyalar va yuqori ligada qolish uchun kurash shiddatli o`tdihttp://t.me/FAUzbekistan.
O`FA va PFL chempionat davomida yuzaga kelgan qiyinchiliklarga qaramay, sport prinsiplariga rioya qilishni ustuvor vazifa qildi va bunga qat`iy amal qilishda davom etadi. So`nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda Superliganing 2022-yilgi mavsumida ishtirokchi klublar soni oshirilishi va chempionatda 16 klub qatnashishi haqida taxminlar yangragandi.
Shuni ma`lum qiladiki, O`FA hamda PFL amaldagi reglamentga o`zgartirish kiritmaydi va sport prinsiplariga qat`iy rioya qiladi. Keyingi mavsumda Superliganing ishtirokchi jamoalari soni o`zgartirilmaydi. Bu borada tashabbus bilan chiqayotgan mutaxassislarni reglamentni hurmat qilishga chaqiradi.






