AsosiyJamiyat

Oqqo`rg`onda yosh kelin-kuyov is gazidan vafot etdi

'Oqqo`rg`onda yosh kelin-kuyov is gazidan  vafot etdi'ning rasmi

Oqqo`rg`onda yosh kelin-kuyov noodatiy tarzda vafot etdi. Bu haqda tuman hokimligining hodisani o`rganish to`g`risida chiqargan qarorida aytib o`tiladi.

Qayd etilishicha, hodisa 26 noyabr kuni sodir bo`lgan. “Sultonobod” MFYdagi Sh.D. nomida bo`lgan xonadonda jami 2 nafar fuqaroning vafot etishi bilan bog`liq baxtsiz hodisa sodir bo`lgan.

Ma`lumotga ko`ra, tumanda baxtsiz hodisa sodir bo`lganda uning sabablarini tekshirish bo`yicha dastlabki zarur choralarni ko`rish, baxtsiz hodisa sabablarini tekshirish maqsadida komissiya tuzilgan.

Holatga Bosh prokurorining matbuot kotibi - axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi Xayot Shamsutdinov ham munosabat bildirdi.

"Oqqo`rg`on tumanida er-xotin is gazdan zaharlanib vafot etganliklari holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda",-deydi u o`z izohida.

    Boshqa yangiliklar