AsosiyJamiyat

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi

'Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi'ning rasmi

Kecha, 26-noyabr Butunjahon bolalar kuni munosabati bilan Mehribonlik uylarining 9-11-sinf tarbiyalanuvchilari uchun “Mening huquqim” kuni tashkil etildi. Ushbu tadbir Adliya vazirligi tashabbusi bilan o`tkazildi.

Vazirlik ma`lumotiga ko`ra, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari dastlab vazirlikning markaziy apparatidagi tarkibiy bo`linmalari ish jarayoni bilan tanishib, so`ng u erning kutubxonasiga sayohat qilishgan.

Bundan tashqari, ochiq muloqot davomida Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar, shuningdek, ularning  yuridik sohaga bo`lgan qiziqishini orttirish maqsadida mutaxassislar tomonidan taqdimotlar ham tashkil etilgan.

Yoshlar tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti, akademik lisey va yuridik texnikumlarga o`qishga kirish uchun topshiriladigan fanlar to`plami, o`qish jarayonlari hamda chet tillariga qo`yilgan talablar bo`yicha berilgan savollarga mutaxassislar tomonida atroflicha javob berilgan.  

"Tadbir so`ngida yoshlarga vazirlikning esdalik sovg`alari, jumladan, yoshlar huquqlari bo`yicha “Yoshlar ensiklopediyasi” hamda O`zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi kitoblari topshirildi",-deya ma`lum qiladi Adliya vazirli "Darakchi.uz"ga.

Ma`lumot uchun, 1954-yil“20 noyabr – Jahon bolalar kuni” sifatida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e`lon qilingan va har yili ushbu kun butun dunyo bolalar kuni sifatida nishonlanib kelinadi.  

Boshqa yangiliklar