AsosiyJamiyat

Buxoroda YPX inspektoriga pora bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi

'Buxoroda YPX inspektoriga pora bermoqchi bo`lgan shaxs qo`lga olindi'ning rasmi

 21 noyabr kuni Buxoro viloyati Peshku tumani Yangibozor mahallasida yashovchi, 1986 yilda tug`ilgan I.T. spirtli ichimlik iste`mol qilgan holda avtomashina boshqarganlik holati yuzasidan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga YPX inspektoriga 200 AQSh dollar berishni taklif qilgan. Bu haqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati ma`lum qildi.

 Fuqaro viloyat narkologiya dispanseri binosi oldida YPX inspektoriga 2.100.000 so`m pullarni berayotgan vaqtda qo`lga olinib, belgilangan tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan I.T. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar