Sog`liqni saqlash vazirining buyrug`i bilan, To`raev Feruz Fathullaevich Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
F.To`raev ish faoliyatini akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida shifokor-jarroh sifatida boshlagan.
Shu yilning yanvar oyidan Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak orttirilgan nuqsonlari jarrohligi bo`limi rahbari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
26.11.2021 20:02
Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga yangi rahbar tayinlandi






