AsosiyJamiyat

10 oyda 613 ta elektromobil import qilingan, elektromobil importi 7 baravardan oshgan

'10 oyda 613 ta elektromobil import qilingan, elektromobil importi 7 baravardan oshgan'ning rasmi

Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-oktyabr oylarida O`zbekistonga 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 12 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 613 ta elektromobil import qilingan.

Elektromobil importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 526 taga yoki qariyb 7 baravardan oshgan.

2021 yilning 10 oyida O`zbekiston asosan qaysi davlatlardan elektromobillarni import qilgan?

  • Xitoy – 551 ta
  • Turkiya – 24 ta
  •  Litva – 13 ta
  • Germaniya – 9 ta
  • AQSh – 7 ta
  •  Koreya – 5 ta
  • Ispaniya – 2 ta
  •  Rossiya – 1 ta
  • Gongkong – 1 ta

 2021 yilning oktyabr oyida O`zbekiston xorijdan 55 ta elektromobil import qilgan.

    Boshqa yangiliklar