AsosiyJinoyat

Buxoro va Xorazmda fuqarolarni kollej va texnikumga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi

'Buxoro va Xorazmda fuqarolarni kollej va texnikumga o`qishga kiritib qo`yishni va`da qilgan firibgarlar ushlandi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unda, viloyat kasbiy ta`limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bo`lim boshlig`i M.X. tanishlari yordamida ikki nafar fuqaroni G`ijduvon va Buxoro tibbiyot kollejlariga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Bog`ot tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro S.J. “F” MChJ rahbari (hamshiralarni tayyorlash bo`yicha o`quv kursi) bilan oldindan til biriktirib, fuqaro G.ni Urganch shahridagi tibbiyot texnikumiga o`qishga kiritib qo`yish evaziga 1300 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar