AsosiyJamiyat

Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining dasturini imzolash marosimi bo`lib o`tdi

'Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining dasturini imzolash marosimi bo`lib o`tdi'ning rasmi

Bugun, 24 noyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahrida o`tkazilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining (UNODC) Markaziy Osiyo uchun 2022-2025-yillarga mo`ljallangan dasturini imzolash va ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Tadbirda, shuningdek, BMT Bosh kotibi o`rinbosari, UNODC ijrochi direktori Gada Fathi Vali, Qozog`iston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Akan Raxmetullin, Qirg`iziston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Azizbek Madmarov, Tojikiston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Muzaffar Huseynzoda va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri o`rinbosari Vepa Xodjiev ishtirok etdi.

O`zbekiston TIV rahbari o`z nutqida BMT Narkotiklar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasi bilan hamkorlikning asosiy yo`nalishlariga to`xtalib o`tdi.

Narkotik moddalar savdosi, uyushgan jinoyatchilik, korrupsiya va terrorizmga qarshi kurashda mintaqa davlatlariga yordam ko`rsatish bo`yicha UNODC dasturining oldingi bosqichi samarali bo`lganini qayd etildi hamda imzolanayotgan Dasturning transmilliy tahdidlarga qarshi kurashishdagi dolzarbligi ta`kidlandi.

    Boshqa yangiliklar