AsosiyJamiyat

Dehqonchilik uchun 1 gektargacha er ijaraga beriladi

'Dehqonchilik uchun 1 gektargacha er ijaraga beriladi'ning rasmi

“Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishida dehqon ho`jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 Qaror bilan fermerlar va klasterlarning past hosilli paxta va g`alladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydoni 2022-2025 yillarda zaxiraga qaytariladi.

 Zaxiraga qaytarilgan erlar sabzavotchilik, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka uchun fuqarolarga 0,10 gektardan 1 gektargacha elektron tanlov orqali ijaraga beriladi.

 Ijaraga berishda dehqonchilikda yaxshi natijalarga erishgan, mutaxassislikka ega, “daftar”larga kiritilgan ehtiyojmand oilalarga ustunlik beriladi.

100 mln dollar pul banklarga milliy valyutada 3 yil imtiyozli davr bilan 10 yilga 10 foiz stavkada joylashtiriladi.

 Kreditlar dehqon va fermerlarga:

  •  100 mln so`mgacha 14% stavkada;
  •  kichik intensiv bog` va uzumchilikka 3 yilgacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha, poliz, dukkakli, moyli ekinlar, kartoshka va sabzavotchilikka 3 oygacha imtiyozli davr bilan 2 yilgacha ajratiladi.

 Kreditlar yangi joriy etilayotgan hokim yordamchilari yozma tavsiyasiga asosan beriladi.

    Boshqa yangiliklar