Evropa chempionlar ligasi yarim final dastlabki o`yinida “Manchester Siti” o`z maydonida “Real” futbolchilarini qabul qildi. Mazkur uchrashuvda 0:0 hisobidagi durang qayd etildi.
E`tiborlisi shundaki, “Real” etakchisi bir necha kun avval olgan jarohati tufayli mazkur o`yinda ishtirok etmadi. U hatto qaydnomaga ham kiritilgani yo`q.
Endilikda g`olib nomi Madridda, 4 may kuni aniqlanadi.
EChL, 1/2 final. Dastlabki uchrashuv
Manchester Siti (Angliya) – Real Madrid (Ispaniya) 0:0
Manchester Siti – Xart, Kompani, Klishi, Sanya, Otamendi, Fernando, Fernandino, Silva (Ixeanacho, 40), Navas (Sterling, 77), de Bryuyne, Aguero.
Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro, Beyl, Kroos (Isko, 89), Vaskes, Benzema (Xese, 46).
Ogohlantirishlar: Pepe (24), Silva (37).





