O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Rossiya Federasiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 25 aprel kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keldi.
Ikki mamlakat davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Vnukovo-2” aeroportida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Tantanali kutib olish marosimidan keyin O`zbekiston delegasiyasi o`zi uchun ajratilgan qarorgohga yo`l oldi.
Shu kuni Islom Karimov bilan Vladimir Putinning norasmiy uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Tashrifning asosiy voqealari 26 aprelga belgilangan.
Ikki davlat rahbarlari O`zbekiston – Rossiya hamkorligi rivojining dolzarb masalalarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik ayrim muammolar yuzasidan fikr almashadilar.
Avval xabar qilinganidek, muzokaralar yakuni bo`yicha O`zbekiston bilan Rossiyaning turli sohalardagi o`zaro hamkorligini yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi mo`ljallangan.





