O`ta ozib ketgan va salomatligi tobora yomonlashib borayotgani aytilgan Gollivud aktrisasi mish-mishlardan so`ng ilk marta omma oldida ko`rinish berdi. Bu haqda “Segodnya.ua” nashri xabar bermoqda.
Aktrisa Niderlandiyaga tashrif buyurdi. Anjelina shuningdek,BMTning ko`ngilli elchisi ham sanaladi. U 21 aprel kuni Gaagadagi xalqaro jinoyat sudi majlisida ishtirok etdi va BMT bosh kotibi Pan Gi Mun bilan uchrashdi.

Gollivud yulduzi suriyalik qochoqlar masalasini muhokama qildi.
Tadbirda Anjelina Joli qora ko`ylak va shu rangdagi kostyumda keldi. Sochlarini kamtarona yig`ib olgan Joli ozg`in bo`lsa-da, ancha hotirjam ko`rindi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq Jolining ozg`inligi u haqdagi turli mish-mishlarga sabab bo`layotgani haqida xabar berilgan edi.





