“Lester” klubi va Jazoir termasi yarim himoyachisi Riyad Maxrez Angliya Premer-ligasining joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi va maxsus mukofot bilan taqdirlandi.
Maxrezdan tashqari ushbu mukofotga Jeymi Vardi, Ngolo Kante (“Lester”), Xarri Keyn (“Tottenxem”), Mesut O`zil (“Arsenal”) va Dimitri Payet (“Vest Xem”) da`vogarlik qilishdi.
“Tottenxem” yarim himoyachisi Deli Alli mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga sazovor bo`ldi.
Joriy mavsumda Maxrez APLning 34 o`yinida 17 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Alli 32 o`yinda 10 ta gol va 9 ta golli pas berishga muvaffaq bo`ldi.





