O`zbekistonda ishchi nomi MTV(Milliy tv) bo`lgan yangi musiqiy telekanal ish boshlaydi.
Bu haqda “Sayyod.com” xabar bermoqda.
Nashrning ma`lumot berishicha, yangi telekanal “POMIDOR ENTERTAINMENT” kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.
Hozirda telekanal uchun zarur bo`lgan barcha texnikalar keltirilgan. Rasmiy ruxsatnoma olinishi bilan u ish boshlaydi. Shuningdek, yangi telekanalning test rejimi uchun kliplar saralanmoqda.





