Xonanda Jahongir Otajonov 3-4-5 iyun kunlari “Istiqlol san`at saroyida o`zining “Ishtiboh” nomli yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.
Shu munosabat bilan xonanda muxlislariga konsert dasturiga taklifnoma yutib olish imkoniyatini yaratdi.
Uning shartlariga ko`ra, kimda-kim uning Feysbukdagi sahifasiga 5555 bo`lib sharh qoldirsa 1-qatordan chipta yutib oladi.
“Azizlar konsert dasturimning chiptalari uchun o`yinlar boshlandi. Bugungi o`yinda kimki 5555 “kommentariy”ga “taklifnoma” so`zini yozib qoldirsa 4 iyunga 1-qatordan bitta joy yutib oladi. Omad tilayman!”
Jahongir Otajonov konsert dasturiga avvalgi yillarda ham mana shunday ravishda chiptalarni muxlislariga tortiq qilgan.





