Angliya Premer-ligasining 30-tur qoldirilgan o`yinida “Arsenal” jamoasi “Vest Bromvich” bilan kuch sinashdi va 2:0 hisobida zafar quchdi.
Ushbu g`alaba “to`pchilar” uchun Premer-liga doirasida 500-si bo`ldi. “Arsenal” “Manchester Yunayted” jamoasidan (584 g`alaba) keyin ushbu natijani qayd etgan ikkinchi klub bo`ldi.
Mazkur g`alabadan keyin Arsen Venger shogirdlari ochkolar sonini 63 taga etkazib, turnir jadvalida 3-o`ringa ko`tarilib oldi.





