Buyuk Britaniyaning London shahrida yashovchi ayol o`z tashqi ko`rinishini o`zgartirish uchun plastik jarrohlik amaliyotiga 700 ming dollar sarfladi. U kosmetik muolajalarga ruju qo`ygani sabab, o`zi mustaqil ravishda ularni o`tkazishga ruxsat oldi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
55 yoshli Sara Berj o`z uyidan alohida xona ajratib, uni plastik jarrohlik amaliyoti va muolajalarni o`tkazish uchun jihozladi.
Sara shu vaqtga qadar 150 dan ortiq plastik jarrohlik operasiyalarini boshdan kechirgan. U maxsus kurslarda o`qib, kosmetik muolajalarni o`tkazish huquqini beruvchi lisenziyani qo`lga kiritdi.
Uch farzandning onasi Sara Berjga botoks muolajasini qilish, ukol yordamida burun, yanoq va lablar shaklini o`zgartirish huquqi berildi.
Britaniyalik ayolning aytishicha, u zo`ravonlik qurboni bo`lgan ayollarga zaruriy yordamni ko`rsatish uchun kerakli bilim va ko`nikmalarga ega bo`lgan.
Saraning o`zi ham bezorilar hujumiga uchraganidan so`ng plastik jarrohlik amaliyotiga murojaat qilgan.
U o`z tashqi ko`rinishini mukammallashtirishdan to`xtamasligini bildirdi.
“Plastik jarrohlik amaliyotlari menga o`zim istagan tashqi ko`rinishga ega bo`lishimga ko`maklashdi. Endi boshqalarga ham bunday imkoniyatni taqdim etmoqchiman”,—deydi Sara.





