Polshaning Vroslav shahrida g`ayrioddiy hodisa yuz berdi, deb xabar beradi “Vesti”.
55 kun ilgari vafot etgan ayoldan sog`lom bola tug`ildi. 41 yoshli ayolning homilasi 17 haftalik bo`lganida unga saraton tashxisi qo`yiladi. Uning miya faoliyati to`xtab qolgan edi. Biroq ayolning yuragi urishdan to`xtamadi. Shuning uchun ham shifokorlar bolani asrab qolishdi.
Zamonaviy tibbiy texnologiyalar yordamida shifokorlar ayolning hayotiy zarur organlari faoliyatini nazorat ostida ushlab turdi. Ayolning vafot etganiga 55 kun to`lganidan so`ng unga nisbatan kesarcha kesish usuli qo`llanildi. Bola juda ozg`in va nimjon bo`lsa-da, sog`lom tug`ildi. U ikki kilogramm vaznga ega edi. Chaqaloq salkam ikki oy intensiv terapiya bo`limida nazorat ostida parvarishlandi. So`ng unga uyga “ketishga” ruxsat berishdi. Bolaning otasi uni uyga olib ketdi. Hozir uning ahvoli yaxshi.





