Rejissyor Rustam Sa`diev “Er bermoq-jon bermoq” filmining davomini suratga olish uchun aktyorlar o`rtasida kasting o`tkazmoqda. Bu haqda rejissyor o`zining Instagram`dagi sahifasida xabar berdi.
Filmning birinchi qismida bosh qahramonni gavdalantirgan Ulug`bek Qodirov “Er bermoq-jon bermoq”ning mantiqiy davomida ishtirok etmaydi. Yangi filmda Dilnoza Kubaevaning turmush o`rtog`i rolida Adiz Rajabov suratga tushadi.
Rejissyor filmda Dilnoza Kubaeva va Adiz Rajabov suratga tushishini bildirganidan so`ng internet foydalanuvchilari uni Ulug`bek Qodirov nima sababdan film davomida suratga tushmayotgani haqidagi savollar bilan murojaat qilishdi. Ulardan biri aktyor Alisher Uzoqovni komik rollarini sog`inganini yozib qoldirdi. Bunga javoban aktyor “Rostanam nega Ulug`bekmas? Yoki nimaga Uzoqovmas? Adiiiz?”, deya xazilomuz izoh qoldirdi.






