84 yoshli Raul Kastro Kuba kommunistik partiyasining bosh kotibi lavozimiga yana besh yilga qayta saylandi, deb xabar berdi “Vigmir.net” nashri.
S`ezdda Kastro bu uning oxirgi saylanish muddati ekanligini, 1959 yilda ro`y bergan inqilobdan beri rahbarlik qilayotganini aytib o`tdi. U kelajakda Kuba mamlakatiga rahbarlik qiladigan odamning yoshiga cheklovlar qo`yishni rejalashtirganini, rahbarlar 70 yoshda nafaqaga chiqishi lozimligini aytib o`tdi.
Raul Kastrodan tashkari, Kompartiyaning ikkinchi rahbari lavozimiga 85 yoshli Xose Ramon Machado Ventura ham saylangan. S`ezdda Kubani 2008 yilgacha boshqargan 89 yoshli Fidel Kastro ham ishtirok etdi.





