Amerikalik Filipp Lenger ismli yigit sobiq qaylig`i Eshli Jey Cheslerni o`zi sovg`a qilgan 30 ming dollarlik uzukni qaytarib bermaganligi uchun sudga berdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Juftlik Nyu-Yorkdagi Manxetten barlaridan birida tanishib qolgan. Oradan uch oy o`tgach, Filipp Eshliga turmushga chiqishni taklif qilib, brilliant ko`zli, narxi 30 ming dollar bo`lgan uzukni sovg`a qilgan.
Ammo ko`p o`tmay, ular unashtiruvni bekor qilishgan. Qiz esa uzukni qaytarib bermagan. Lenger arizasida shtatning qonun-qoidasiga binoan Eshli uzukni qaytarib berishi yoki uning pulini to`lashi shartligini ko`rsatgan.





