AQShda ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari o`rtasida Gollivud aktrisasi Anjelina Joliga o`xshash qiz tobora mashhur bo`lib bormoqda. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.
Mara Taygen model sifatida faoliyat yuritadi.

21 yoshli Mara bir yilcha avval Instagram ijtimoiy tarmog`ida sahifa ochdi. Biroq u lab uchun gel reklamasida suratga tushganidan so`nggina AQSh OAVlarining e`tiborini jalb etdi. Mara Kim Kardashyanning singlisi Kayli Jenner brendi kampaniyasida ishtirok etdi. Uning Instagram sahifasini 575 ming nafar foydalanuvchi kuzatib boradi.





