“Ummon” guruhi yigitlaridan biri Shohruhning to`yi bo`layotganligi haqidagi mish-mishlar tarqaldi, deb yozadi “Shov-shuv.uz” sayti.
Mishlarga oydinlik kiritish uchun sayt vakillari “Ummon” chilar bilan bog`landi. Guruh vakillaridan biri Jasur esa bu mish-mishlarni inkor qildi.
Saytning yozishicha, “Ummon”chilar tez kunda yangi klipni muxlislar e`tiboriga havola etadi. Bundan tashqari, ular yana ikkita yangi qo`shiqni ham tayyorlamoqda.
Eslatib o`tamiz, “Ummon” guruhi 1—2 iyun kunlari “Istiqlol” san`at saroyida yakkaxon konsert dasturini taqdim etadi.





